Prezidentimiz Urganch shahridagi “Nihol” innovatsion maktabi faoliyati bilan tanishdi

Joriy yil sentyabr oyida faoliyat boshlagan ushbu nodavlat taʼlim muassasasi boshlangʻich sinflarga mental arifmetikani oʻrgatishga ixtisoslashgan. Bundan tashqari, bu yerda ingliz, rus tili fanlari chuqurlashtirilgan tartibda oʻqitiladi. Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida shaxmat toʻgaragi tashkil etilgan. Kelasi oʻquv yili uchun maktabga tayyorlov guruhlari ish boshlagan. 
0f8694d2-299d-83b8-5d19-7558f59f2f46.jpg
Maktab qurilishiga 3 milliard 350 million soʻm mablagʻ sarflangan boʻlib, hozirgi kunda ingliz tili, rus tili, mental arifmetika, maktabga tayyorlov, tez oʻqish, faollashtirish oʻquv kurslariga 582 boshlangʻich sinf oʻquvchisi qamrab olingan. Ularga 17 oʻqituvchi ikki smenada dars berib kelmoqda.
Maktabda 19 ta fan xonasi, kutubxona, oshxona, sport zali, hamshira, oʻqituvchilar xonalari, faollar zali mavjud.
Nodavlat taʼlim muassasasi 250 oʻringa moʻljallangan boʻlib, mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda qoʻshimcha 500 oʻrinli yangi oʻquv binosi barpo etish rejalashtirilmoqda. Chunki, boshlangʻich sinflarda chuqurlashtirilgan maktabda taʼlim olgan bola yuqori sinflarda oddiy maktabda oʻqishni davom ettirsa olgan bilimini yanada mustahkamlashi qiyin kechadi. Shu bois maktab rahbariyati taʼlim muassasasi yonidan qoʻshimcha yer maydoni va 6 milliard soʻmlik imtiyozli kredit olish niyatida.
Yangi oʻquv binosi qurib, foydalanishga topshirilsa yana 50 ish oʻrni tashkil etiladi. Bolalar boshlangʻich taʼlimni tugatgach, umumiy oʻrta taʼlimni shu yerning oʻzida davom ettirish imkoniga ega boʻladi.
Prezidentimiz maktabdagi sharoitlarni koʻzdan kechirar ekan, taʼlim muassasasining mazkur tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.
Bugungi kunda viloyatdagi 12 ta “Barkamol avlod” bolalar markazida 4 ming 700 dan ortiq oʻquvchi 213 ta toʻgarakda taʼlim olmoqda. Biroq ushbu markazlarda mental arifmetikani oʻqitish boʻyicha mutaxassislar yoʻq. “Nihol” innovatsion maktabi platformalarini viloyatdagi “Barkamol avlod” bolalar markazlariga oʻrnatish orqali oʻquvchilarning intellektual qobiliyatini ochib berish imkoniyati mavjud.
Avvalo, bolalarning maʼnaviyatiga eʼtibor berishimiz, ularni tariximizga qiziqtirishimiz kerak. Bolalarga bilimni turli oʻyinlar orqali berish zarur, Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari mental arifmetikaga boʻlgan talabni eʼtiborga olgan holda, uni oʻqitish metodologiyasini chuqurlashtirish, mantiqiy fikrlash qobiliyati kuchli oʻquvchilar safini kengaytirish, maktabni jahon standartlariga javob bera oladigan taʼlim muassasasiga aylantirish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.
Maktabga avtobus va oʻquvchilarga planshetlar sovgʻa qilish boʻyicha topshiriq berdi.
432b6738-a3e6-6470-803f-b2fd725fbad0.jpg
09dcc7be-b782-4fee-8f99-7792fe70e61b.jpg
ac07373a-85c5-ca51-1c02-d7a6ad74194d.jpg
3829c3ca-7c69-5ea6-e047-2864c748d148.jpg
55753d69-9050-ba36-f70e-38e2e36bcbc0.jpg

 

Umar Asrorov, OʻzA