Oʻzbekistonda 1 dekabrdan cheksiz internet narxi 2 baravardan koʻproq qiymatda arzonlashadi

2018 yilning 1 dekabridan boshlab UZTELECOM yangi kafolatlangan cheksiz internet tarif rejalarini taqdim etadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrniga bagʻishlangan anjumanda ishtirok etayotgan “Xalq soʻzi“ muxbiri xabar bermoqda.
Kompaniyaning maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda birinchi marta 2 Mbit/s tezlikka ega kafolatlangan cheksiz internet narxi oyiga 88 ming soʻmni tashkil etadi.
Bu oldingi shunday tarif rejasidan 2 martadan koʻproq qiymatda arzonroq ekani aytilmoqda.
Bundan tashqari, endi tarif rejalarida “gacha“ qoʻshimchasi mavjud boʻlmaydi. Bu tanlab olingan tezlikning kafolatlanishini anglatadi. Misol uchun endi siz 1 Mbit/s tarif olsangiz bu internet aynan 1 Mbit/s barqaror tezlikdagi internetni anglatadi.

 

OʻzA