Yosh shaxmatchilarimiz Butunjahon olimpiadasida

Turkiyaning Konya shahrida 16-yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Butunjahon olimpiadasi toʻrtinchi tur bahslari oʻtkazilmoqda.

Olimpiadada Saidali Yoʻldoshev murabbiyligida yosh shaxmatchilarimiz – Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Sitora Saparova Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.

Oʻsmirlarimiz Vengriya, Polsha, Moldova jamoalarini magʻlubiyatga uchratib, AQSH jamoasiga 2,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Endi oʻzbekistonliklar Rossiya yosh shaxmatchilariga qarshi oʻynaydi.

 

J.Toshxoʻjayev, OʻzA