“Roma” “Real”ga qarshi uchrashuv oldidan muammoga duch kelmoqda

“Roma” bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko Yevropa chempionlar ligasining guruh bosiqich 5-turidan oʻrin olgan “Real”ga qarshi oʻyin oldidan jarohat olgan futbolchilar haqida toʻxtalib oʻtdi.
– Lorenso Pellegrini jarohati bois “Real” va “Inter”ga qarshi bahslarda jamoamizga yordam bera olmaydi. Osenga toʻxtaladigan boʻlsam, vaziyat yanada jiddiyroq. Bugun uning ahvolini yana oʻrganamiz, – dedi Di Franchesko.
Eslatib oʻtamiz, “Roma” – “Real” uchrashuvi bugun tunda Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA