Prezidentimiz “Xiva” temir yoʻl vokzalida boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-noyabr kuni Urganch – Xiva poyezdida Xiva shahriga keldi.

Prezidentimiz 2017-yil yanvar oyida Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida Urganchdan Xivagacha temir yoʻl va Xiva shahrida zamonaviy vokzal barpo etish, bu yoʻlda elektropoyezdlar, kelgusida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish lozimligini qayd etgan edi.Qisqa fursatda bu ezgu tashabbus amalga oshdi.

Vokzal binosining tashqi koʻrinishi Xorazm meʼmorchiligi namunalarini oʻzida aks ettirib, unda zamonaviy VIP-zal, ona va bola, tibbiyot xonalari mavjud. Vokzalda 35 nafar ishchi bir vaqtning oʻzida 200 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi. 20 oʻrinli mehmonxona yurtdoshlarimiz va turistlarga qoʻshimcha qulaylik yaratadi.

photo5188521687472253312.jpg

Vokzal bilan “Ichan-qalʼa” muzey-qoʻriqxona majmuasi oʻrtasidagi masofa 2 kilometrni tashkil qiladi. Bu shaharda turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Urganch – Xiva temir yoʻl yoʻnalishi va Xiva vokzali rasman ochildi. Kelgusida Xivagacha “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz vokzal infratuzilmasini yanada yaxshilash, yoʻlovchilarga xalqaro standartlar asosida xizmat koʻrsatish, turistlarga qulaylik va imtiyozlar yaratish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

photo5188521687472253314.jpg

photo5188521687472253313.jpg
photo5188521687472253315 (1).jpg
photo5188521687472253316.jpg
photo5188521687472253318.jpg
photo5188521687472253321.jpg

 

Ziyodulla Jonibekov, OʻzA