Birlashgan Millatlar Tashkilotining sakkizinchi Bosh Kotibi Pan Gi Mun mamlakatimizga tashrif bilan boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida BMT sobiq Bosh Kotibi Pan Gi Mun Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov koʻp yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohida boʻldi.
Bu yerda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi joylashgan.
Delegatsiya aʼzolariga majmua faoliyati, bu yerda olib borilgan bunyodkorlik ishlari haqida soʻzlab berildi.
Pan Gi Mun Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻydi.
Buyuk davlat arbobi, mustaqilligimiz asoschisining yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Ulugʻbek Shonazarov, OʻzA