Ekologiya va Orolboʻyi hududlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga oʻrinbosar tayinlandi
 
Кazbekov Jusipbek Sidikbekovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolboʻyi hududlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Kazbekov Jusipbek Sidikbekovich 1973 yil 15 aprel sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tavallud topgan.
1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini hamda 2011 yilda Kolorado shtati universitetini (magistratura, AQSH) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik, suv resurslarini boshqarish.
J.Kazbekov 2015 yildan bugungi kungucha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali suv dasturlari boʻyicha koordinatori lavozimida faoliyat yuritib keldi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur lavozim Prezidentimizning 2018 yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomidagi topshiriqlariga binoan joriy qilinmoqda.

 

OʻzA