Issiqxona komplekslariga 200 million AQSH dollari yoʻnaltiriladi

Oʻzbekistonda issiqxona komplekslarini tashkil etish boʻyicha loyihalarga 200 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan hajmda mablagʻlar jalb qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrda “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ushbu maqsadlar nazarda tutilgan.

Unga koʻra, 2019-yilda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan, mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi, boshqa xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining kredit liniyalari hisobiga 200 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan hajmda mablagʻlar jalb qilinadi.

 

OʻzA