Innovatsion rivojlanish vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Sharof Raximberdiyevich Rajabbayev Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi, Oybek Kabiljanovich Norinbayev esa Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, Innovatsion rivojlanish vazirligi ilgʻor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.

 

OʻzA