“Mining World Uzbekistan-2018”: kreativ gʻoyalar maydoni

Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida joriy yilning 14-16 noyabr kunlari “Togʻ-kon uskunalari, qazib chiqarish, ruda va minerallarni boyitish – “Mining World Uzbekistan-2018” oʻn uchinchi xalqaro koʻrgazmasi oʻtkaziladi.

Mazkur koʻrgazma togʻ-kon va metallurgiya sanoati rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Unda togʻ-kon, maʼdanlarni boyitish boʻyicha yangi texnologiya va xizmatlar namoyish etiladi. Shu bilan birga, koʻrgazma mahalliy va xorijiy yetakchi ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni oʻzaro muloqot qilishga va hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlashga chorlaydi.

“Iteca Exhibitions” xalqaro koʻrgazmalar kompaniyasining marketing boʻyicha menejeri Bahrom Toʻychiyevning maʼlumot berishicha, koʻrgazmada ishtirok etish istagida boʻlganlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Oʻtgan yil koʻrgazmada 15 davlatdan kompaniyalar qatnashgan boʻlsa, bu galgisida ular soni 17 tani tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu koʻrgazma “Iteca Exhibitions” xalqaro koʻrgazmalar va “Kongress Servis” kompaniyalari hamkorligida oʻtkazilmoqda.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA