Avstraliyaga yoʻl olgan Oʻzbekiston MTJ tarkibida oʻzgarishlar bor

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 11-22 noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida oʻquv mashgʻulot yigʻinini oʻtkazadi.
Kecha futbolchilar va murabbiylar shtabi Toshkent vaqti bilan soat 21:20da Toshkent – Seul – Brisben yoʻnalishi boʻylab Avstraliyaga yoʻl olishdi.
Ektor Kuper shu haftaning boshlarida milliy terma jamoaning Avstraliyaga yoʻl oladigan tarkibini eʼlon qilgandi. Ammo bugungi kunga kelib uch nafar futbolchi jarohati tufayli Brisbendagi yigʻinda va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnasha olmasligi maʼlum boʻldi. Bular – terma jamoamiz sardori, yaqinda “Shanxay SIPG” tarkibida Xitoy chempioniga aylangan Odil Ahmedov hamda “Paxtakor” futbolchilari Farrux Sayfiyev va Jasur Yaxshiboyev.
Shuningdek, “Paxtakor”ning yana bir aʼzosi Jaloliddin Masharipov diskvalifikatsiya tufayli oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnasha olmasligini futbol muxlislari yaxshi bilishadi. Shunga qaramay, Ektor Kuper Masharipovni Avstraliyaga olib ketishga qaror qildi. Chunki Masharipov rasmiy oʻyinlarda maydonga tusha oladi. Bosh murabbiyning isteʼdodli yarim himoyachidan umidi katta boʻlib, Jaloliddin Masharipov 2019 yil yanvarda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogida jamoamizga yordam berishi uchun murabbiy shunday qarorga kelmoqda.
Demak, Avstraliyaga quyidagi futbolchilar yoʻl olishadi:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”)
Oʻtkir Yusupov (“Qoʻqon-1912”)
Himoyachilar:
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)
Vladimir Kozak(“Paxtakor”)
Yegor Krimes (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Lokomotiv”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Yarim himoyachilar:
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)
Aziz Turgʻunboyev (“Navbahor”)
Husniddin Gʻofurov (“Lokomotiv”)
Eldor Shomurodov(“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Javohir Sidiqov (“Qoʻqon-1912”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Hujumchi:
Bikmayev Marat (“Lokomotiv”)

 

OʻzA