Ogʻir atletika. Rustam Djangabayev ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati yakunlandi.
Bugun musobaqada +109 kg vazn toifasida bahslar oʻtkazildi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Rustam Djangabayev himoya qildi.
Hamyurtimiz dast koʻtarishda 202 kg. natija koʻrsatdi va toʻrtinchi oʻrin bilan kifoyalandi. Siltab koʻtarishda esa 245 kg. toshni oʻziga boʻysundirdi va bronza medaliga sazovor boʻldi. Ikkikurash yakuniga koʻra 447 kg. natija koʻrsatgan Rustam bu borada ham bronza medaliga ega chiqdi.
Shu tariqa Turkmanistondagi jahon chempionati yakunlandi. Terma jamoamiz vakillari musobaqa davomida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.
Polvonlarimiz 12 noyabr kuni yurtimizga qaytib keladilar. Sportchilarimiz shu kuni ertalab soat 07:00da, poytaxtimizdagi “Janubiy” vokzalda tantanali ravishda kutib olinadilar.

 

O’zA