Ruslan Nuriddinov jahon chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetib bormoqda.
Bugun musobaqada -109 kg vazn toifasidagi sportchilar supachada kurashga chiqishdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Olimpiya va Osiyo oʻyinlari gʻolibi, jahon chempioni Ruslan Nuriddinov himoya qildi.
Hamyurtimiz dast koʻtarish bahslarida oʻz imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Siltab koʻtarishda esa 227 kg. natija koʻrsatdi va bronza medaliga ega chiqdi.
Ertaga jahon chempionatining soʻnggi kuni oʻtkaziladi va unda +109 kg vazn toifasida Rustam Djangabayev bahslarga kirishadi.

 

O’zA