Sanjar Tursunov professional faoliyatini gʻalaba bilan boshladi

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Sanjar Tursunov bugun AQSHda professional boksdagi debyut jangini oʻtkazdi.
Kaliforniya shtatidagi “Fantasy Springs Casino” arenasida oʻtkazilgan jangda hamyurtimizga meksikalik Megel Kubos raqiblik qildi. Sanjar Tursunov jangni juda faol boshladi va ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa, 20 yoshli bokschimiz professional ringdagi faoliyatini gʻalaba bilan boshladi.
Maʼlumot uchun, Kubos shu kungacha professonal boksda 31 ta jang oʻtkazgan va ularning 11 tasida gʻalaba qozongan (8 tasi nokaut bilan). 20 ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan (9 ta jangda nokautga uchragan).

 

O’zA