Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Fizika fakultetida Xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtmoqda. Mazkur ilmiy konferensiya 10 noyabrgacha davom etadi. Ushbu ilmiy anjumanda dunyoning 10 ga yaqin mamlakatidan 40 dan ortiq olimlar tashrif buyurgan. Asosan, konferensiyada Koreya va Yaponiyaning turli universitetlaridan tadqiqotchi olim va professorlar qatnashmoqda.
Ushbu anjumanda Fizikaning yangi yoʻnalishlari va ilmiy sohadagi muammolar yechimi, laboratorik tadqiqotlar boʻlishi kutilmoqda. Konferensiya doirasida har kuni yetakchi olimlarning maʼruzalari taqdim etiladi. Bugun italiyalik professor Adriano Di Giacomo maʼruza qildi. Shuningdek, kun davomida Yaponiyaning Osaka universiteti professorlari “Skirmions va kaon – nuklonlarning oʻzaro taʼsiri” mavzusida taqdimotlarini namoyish qilishi kutilmoqda.
Dilobar Mamatova, OʻzA