Rossiya hududidagi Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga

Moskva shahridagi Elchixonaning konsullik boʻlimi Markaziy federal okrugga xizmat koʻrsatadi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Unga koʻra Rossiya Federatsiyasi hududidagi Oʻzbekiston Respublikasining yangi bosh konsulxonalari konsullik okruglari tashkil etildi.

Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxona – Shimoli-gʻarbiy federal okrug; Novosibirskdagi – Sibir federal okrugiga; Vladivostok shahridagi – Uzoq Sharq federal okrugiga; Yekaterinburgdagi Bosh konsulxona – Ural federal okrugiga; Qozon shahridagi Bosh konsulxona Volga boʻyi federal okrugiga; Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxona Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okrugiga biriktirilgan.

TIV axborot xizmati shuningdek, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Rostov-na-Donu shaharlaridagi bosh konsulxonalar tomonidan konsullik harakatlar amalga oshirilmayotgani sababli zarur tashkili masalalar hal etilgunga qadar Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi konsullik boʻlimi Volga boʻyi, Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okruglariga, Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxona esa Uzoq Sharq va Ural federal okruglariga ham xizmat koʻrsatishini maʼlum qilgan.

Taʼkidlanishicha, har bir konsulxonaning toʻliq faoliyat yuritishi boshlanishi toʻgʻrisida qoʻshimcha tarzda maʼlum qilinadi.

 

O’zA