Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurori tayinlandi

Karimov Xidir Samatovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurori lavozimiga tayinlandi. X.Karimov shu kunga qadar Navoyi viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan.
Avval xabar qilinganidek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurori lavozimida ishlab kelgan Raxmatov Rashid Nasrulloyevich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

 

OʻzA