Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 noyabrdagi Farmoniga asosan Raxmatov Rashid Nasrulloyevich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda Bosh prokuraturasi xabar berdi.
R.Raxmatov 1978 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Navoiy shahar prokuraturasida boshlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Buxoro shahar prokurori, Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017 yilning noyabr oyidan shu vaqtgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori lavozimida ishlagan.
O’zA