Ish haqlari oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonov OAV vakillari bilan uchrashuvda mamlakatimizda ayrim toifalarda ishlovchi xodimlarning ish haqlari oshishi borasida maʼlumot berdi.
Vazir oʻrinbosarining taʼkidlashicha, joriy yilning 1 dekabridan tibbiyot sohasi xodimlarining oylik maoshlari 20 %ga, 2019 aprel oyida esa yana 15 %ga oshishini maʼlum qildi.
Shuningdek, uchrashuvda Dilshod Sultonov 2019 yilda oʻqituvchilarining ham oylik maoshlari oshirilishi kutilayotgani qayt etdi.
Vazir oʻrinbosari maʼlumotlariga koʻra, 2019 yildan eng kam oylikka ishlovchi 370 ming nafar xodimlarning oyligi birinchi razryad boʻyicha 15 foiz, ikkinchi razryad boʻyicha 10 foiz, uchinchi razryad boʻyicha 5 foizgacha oshiriladi.

 

OʻzA