Tadbir davomida Chimboy tumanidagi “Muruvvat” nogironlar internat uyida 215 nafar muruvvatga tashna insonlarga xayriya dasturxoni yozilib, ularga kiyim-kechaklar tuhfa etildi.
Oʻzkiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari Xolmoʻmin Yodgorov boshchiligida Oliy sud sudyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasida sayyor qabullar tashkil etdi. Uch kun davomida qoraqalpogʻistonlik sudyalar bilan birga Nukus shahri, Chimboy, Qoʻngʻirot, Beruniy tumanlarida fuqarolar qabul qilindi. Ularning murojaatlari tegishli tartibda oʻrganib chiqish uchun nazoratga olindi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan 7 nafar shaxsni tegishli muassasa tomonidan keltirilgan taqdimnoma asosida ularni muddatidan ilgari ozod qilish va tayinlangan jazolarni yengilroq jazo turi bilan almashtirish bilan bogʻliq materiallar ham koʻrib tamomlandi. 4 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlanib, sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.
Chimboy tumanida joylashgan “Muruvvat” nogironlar internat uyida xayriya tadbiri oʻkazilib, 215 nafar kishiga xayriya dasturxoni yozilib, ularga kiyim- kechaklar tuhfa etildi.
Ellikqalʼa tumanidagi Guldursun ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oila vakili Sapargul Shoniyozovaga nogironlik aravachasi topshirildi.
M.Roʻziboyeva, OʻzA