Yoshlar tadbirkorligi qanday yoʻlga qoʻyilmoqda?

Qoʻngʻirot – Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy markazidan ancha olisda joylashgan tumanlardan biri. Yirik sanoat zonalaridan biri boʻlgan tumanda Qoʻngʻirot soda zavodi, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi kabi yirik korxonalar faoliyat yuritadi. Ularda minglab yoshlar mehnat qilmoqda.

Lekin bu tumanda yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularni oʻz tadbirkorligini tashkil etishga jalb qilish borasida muammolar, qilinishi kerak boʻlgan ishlar koʻngildagidek degani emas. Bu boradagi masalalarni oʻrganish, ularni bartaraf qilish borasida hududda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida qator amaliy ishlar qilinmoqda.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining tuman filiali hisobidan tegishli koʻnikmalarga ega boʻlmagan jami 198 nafar yoshga uy xoʻjaliklari uchun 37 ta parranda, 56 bosh quy-echki, 107 bosh qoramol berish uchun roʻyxat ishlab chiqilmoqda. Dastur doirasida oʻz tadbirkorligini boshlamoqchi boʻlgan 15 nafar yoshga 3 milliard soʻm miqdorda imtiyozli kreditlar ajratish loyihalari ishlab chiqildi.

Dastur boʻyicha 6 nafar yosh tadbirkorga imtiyozli shartlar boʻyicha 814 million 400 ming soʻmlik kredit ajratildi. Natijada yana 31 yoshning bandligi taʼminlandi.

Ayni paytda imtiyozli kredit ajratilgan 6 nafar yosh tadbirkor tomonidan olib borilayotgan ishlar qizgʻin pallaga kirgan. Shulardan biri Ismayil Qalenderov 196 million 400 ming soʻm miqdordagi mablagʻni plastik rom va eshiklar ishlab chiqarish boʻyicha loyihaga yoʻnaltirdi.

Shuningdek, 107 nafar yoshning har biriga gʻalladan boʻshagan maydonlar hisobiga 1 gektardan yer ajratilib berildi. Bu yerlarda yoshlar tajribali dehqonlar koʻmagi va maslahati bilan turli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirmoqda. Bu loyiha sabab yoshlarning nafaqat bandligi taʼminlanmoqda, balki ularning qishloq mulkdori boʻlishga koʻnikmasini shakllantirayotir.

17.JPG

19.JPG

 

Yesimxon Qanoatov, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA