Joriy yilning 11 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.
Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga respublikaning tuman va shahar hokimliklari tomonidan 2 ming 859 ta boʻsh yer uchastkalari, 668 milliard 207 million soʻm investitsiya kiritish, 9 ming 920 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 5 milliard 93 million 800 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 576 ta boʻsh yer uchastkalari 341 milliard 858 million soʻm investitsiya kiritish, 3499 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan5 milliard 746 million soʻmga sotildi.
Hozirda “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida2 ming 283 ta boʻsh yer uchastkalari 3 milliard 640 million 700 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun:
– Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan
10 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 40 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 milliard 80 million soʻmlik;
–Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 225 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 milliard 150 million soʻmlik;
– Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan
5 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 31 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 510 million soʻmlik;
– Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan
5 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 23 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 1 milliard 325 million soʻmlik;
– Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan
10 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 95 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 5 milliard 610 million soʻmlik;
– Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan
5 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 45 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 650 million soʻmlik mol-mulklar investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi.
Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.
Auksionlarda ishtirok etish sharti va sotilayotgan obyektlar haqidagi maʼlumotlarni “e-auksion.uz” sayti yoki boʻlmasa, Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining (0371) 202-21-11 raqamli telefonidan masʼul operator orqali bilib olishingiz mumkin.
Investitsiya kiritish sharti bilan elektron-onlayn auksion savdolarida ishtirok eting va gʻolib boʻling!
Adolatli va qulay tarzda boʻsh yer uchastkalariga egalik huquqini qoʻlga kiriting va binolarni sotib oling.
OʻzA