Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boshqarmasi Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “2018/2019 oʻquv yili kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun “Davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati” oʻquv kursini oʻtkazish” jadvaliga muvofiq seminar oʻtkazildi.
Seminarda Davlat xizmatlari markazi xodimlari kollej talabalariga yagona interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalarini oshirish maqsadida elektron murojaatning afzalliklari va elektron raqamli imzoning ahamiyati haqida soʻzlab, zarur tavsiyalar hamda ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Seminar yakunida 93 nafar kollej bitiruvchisiga davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmati koʻrsatilib, ularga STIR (INN)lari topshirildi.
Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi
A. Orazimbetov.
O’zA