Roberto Manchini: asosiy eʼtiborimizni Polshaga qaratamiz

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini kecha Ukrainaga qarshi boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinidan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
– Bugungi oʻyinda koʻproq gol urishga haqli edik deb oʻylayman. Endi biz ushbu oʻyindan tegishli xulosalar chiqarishimiz va olgʻa qadam tashlashimiz shart. Jamoamiz bundan buyon hujumda yanada aniqroq oʻynashi va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak. Bizda Polsha bilan oʻyingacha yana 4 kun bor va biz bor eʼtiborimizni ushbu oʻyinga qaratamiz, – deydi Manchini.
Eslatib oʻtamiz, Italiya va Uraina terma jamoalari bahsi 1:1 hisobida yakunlandi. Shuni taʼkidlash lozimki, Italiya oʻz maydonida qatorasiga beshinchi oʻyinda ham gʻalaba qozona olmadi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA