Bogʻchada bolalar ovqatdan zaharlandi

Maktabgacha taʼlim vazirligi Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 433-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida 32 nafar tarbiyalanuvchining ovqatdan zaharlanishi bilan bogʻliq vaziyatni yaqindan oʻrganmoqda. 
Maʼlumot vazirlikka yetib kelgach, MTV mutaxassislaridan iborat komissiya darhol voqea joyiga yoʻl olgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qildi.
Hozirda Bosh prokuratura va Sogʻliqni saqlash vaziriligi vakillari u joyda ish olib bormoqda. Jiddiy holatlar qayd etilmagan, hozirgi vaqtda ikki nafar tarbiyalanuvchi kasalxonadan uyga yuborilgan.
Bolalar tibbiy koʻrik va laboratoriya nazoratidan oʻtkazildi. Ushbu surishtiruv natijalari yaqin vaqt ichida eʼlon qilinadi.
Shunga oʻxshash hodisalarga yoʻl qoʻymaslik va ularning oldini olish maqsadida nazoratni kuchaytirish buyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

 

OʻzA