Kir yuvish kukuni qutisiga yashirilgan porox

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari “Nukus” temir yoʻl vokzali atrofida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzarlarning qilmishini fosh etishdi.
Fuqarolar A.N va O.S 5 ta “Mif 3v1” yozuvli karton qutiga joylangan 2,5 kilogrammga teng boʻlgan porox va 3 ming 72 dona “SBO-N” nomli kapsyulni qoʻshni davlatdan sotib olib, respublika hududiga yashirincha olib oʻtgan va ularni 1,5 million soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga shartli xaridorga sotayotgan paytda toʻxtatib qolingan.
Ushbu qonunbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 248-moddasining 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va sud hukmi bilan fuqaro O.S.ga 6 yil, A.N.ga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

OʻzA