Germaniyalik mutaxassislar qurolli kuchlar akademiyasida boʻldi

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Germaniya Federativ Respublikasi Qurolli Kuchlari mutaxassislari ishtirokida ikki tomonlama harbiy hamkorlik doirasida qoʻshma mashgʻulot oʻtkazildi.
Uchrashuvda germaniyalik harbiy mutaxassis Klaus Xyutger “Kritik infratuzilmalar” mavzuida maʼruza qildi. Shuningdek, ikki mamlakat mudofaa vazirliklari tizimidagi islohotlar qiyosiy tahlil qilinib, atroflicha muhokama etildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Germaniya Bundesverining Myunxen universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashuv ham boʻlib oʻtdi. Unda “Bundesverning Myunxen universitetida ofitserlarning taʼlim olish jarayoni”, “Askarlarni tayyorlash doirasida Bundesverning psixosotsial tarmogʻi” mavzularida maʼruzalar tinglanib, ikki davlat mudofaa vazirliklari tizimidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi.
photo5321141936746244430.jpg
photo5321141936746244431.jpg
​​photo5321141936746244432.jpg

 

OʻzA