Avtomobil uchun davlat raqami olish yoki uning egasi oʻzgarishi munosabati bilan qayta hujjatlashtirish ishlari tez bitadimi? Bu kabi hujjatlar uchun idoralarda odamlar turnaqator boʻlib, navbatda turmaydimi?
Avvallari bu savolga aholidan “qoniqarli”, degan javob olinmas edi. Bugun esa vaziyat oʻzgacha. Avtomobil hujjatlari uchun idoralarda ortiqcha sarsonlik va uzun navbatlar kuzatilayotgani yoʻq. Hatto hujjat ishlarini oʻz vaqtida bitirgan baʼzi fuqarolar Toshkent shahri IIBB YHXB idoralariga qoʻngʻiroq qilib, minnatdorlik bildirayotgan vaziyatlar ham boʻlmoqda.
OʻzA