Magʻlubiyat nimaligini bilmay faoliyatini yakunlagan amerikalik Floyd Meyvezer sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao oʻrtasidagi revansh jangi oʻtkazilishi haqiqatga yaqin turibdi.
Dunyoga mashhur “Showtime Sports” telekanali prezidenti Stiven Espinosaning soʻzlariga koʻra, Meyvezer va Pakyao oʻrtasidagi jang uchun eng maʼquli 2019 yildir. Ishonamanki, ular, albatta, ringga koʻtarilishadi.
Eslatib oʻtamiz, 2015 yili Floyd va Menni oʻzaro raqobatlashgan boʻlib, unda amerikalik yengilmas bokschi ochkolar hisobida gʻalaba qozongan.
Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA