Vashington metrolarida, Nyu-York koʻchalarida “Oʻtkan kunlar” reklama qilinadi

Abdulla Qodiriyning “Oʻtgan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan AQSHlik Mark Ris bugun uza.uz sayti mehmoni boʻldi. Mark Ris bir necha yillardan beri “Oʻtgan kunlar” romanini tarjima qilish bilan shugʻullanadi. Uning aytishicha asar tarjimasi yakunlangan. U hozirda “Oʻtgan kunlar”ning elektron kitobini tayyorlash bilan shugʻullanmoqda.
9c9047bc-0ab9-4d2f-8908-f978595865c8.jpgMarkning aytishicha, elektron kitobda asarning video lavhalari va qoʻshimcha izohlar boʻlishi ham kutilmoqda. Kitob kelasi yilning aprel oyigacha nashr ettiriladi. “Oʻtgan kunlar” romanining ingliz tilidagi tarjimasi AQSHning Nyu-York, Vashington shtatlari metro va koʻchalarida reklama qilinadi. Mark Ris uza.uz saytiga bergan intervyusida bu haqda toʻliq maʼlumot berdi. Saytimizni kuzatib boring. Video intervyu tez orada saytga joylanadi.

 

OʻzA