Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” 29-iyun 2018-yil Farmoniga , 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran mehnatga haq toʻlash fondiga soliq yuklamasi barcha jismoniy shaxslar daromadlariga 12 foizlik yagona soliq stavkasi joriy etilishi orqali pasaytiriladi. Shundan 0,1 foizi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisoblariga yoʻnaltiriladi. Bundan tashqari, fuqarolarning ijtimoiy badallari bekor qilinadi.

Biznes uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Yuridik shaxslar aylanmalari (naqd pul tushumi)dan undiriladigan davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar bekor qilinadi. Yuridik shaxslar foydasiga soliq stavkasi 14 foizdan 12 foizgacha pasaytirilganligi taqdimotlar orqali koʻrsatildi.

Bu kabi chora-tadbirlar Oʻzbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda keng imkoniyatlar yaratadi.

 

Muhayyo Toshqorayeva, OʻzA