Xokkey boʻyicha “Boston” jamoasi aʼzosi Tori Kryug toʻpigʻidan olgan jarohat sabab uch hafta davomida mashgʻulotlarda ishtirok etmaydi.
Jamoa shifokorlari Torining oʻzini oʻnglashi uchun uch hafta kifoya ekanini taʼkidlashmoqda. Ammo muzga toʻrt haftadan soʻng tushishi mumkin. Amerikalik Tori Kryug “Filadelfiya”ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvining birinchi boʻlimida jarohat olgan edi.
Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA