Endilikda mazkur “Koʻngilli targʻibotchi”lar guruhi Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida tumanlardagi taʼlim muassasalarida targʻibot ishlarini olib boradi.
Poytaxtimizda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan davlatimiz rahbarining 2018-yil 25-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijroisi yuzasidan oʻquv-trening mashgʻulotlari tashkil etildi.
Ularda Yoshlar ittifoqining Toshkent shahridagi tumanlari kengashlaridan 100 dan ortiq yoshlar qatnashdi.
Tadbirda yoshlarning tibbiy madaniyati va savodxonligini oshirish, kasallikka qarshi kurashishga doir targʻibot ishlarini kuchaytirishga eʼtibor qaratildi.
OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha tushuntirish ishlari va usullarini tubdan yangilash hamda aholi oʻrtasida profilaktika ishlarini oʻtkazishga yangicha yondashish boʻyicha “Koʻngilli targʻibotchi”lar guruhi oʻqitilib, ularga maxsus sertifikkatlar topshirildi.
Endilikda mazkur “Koʻngilli targʻibotchi”lar guruhi Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida tumanlardagi taʼlim muassasalarida targʻibot ishlarini olib borishi rejalashtirilgan.