Oʻzbekistonda maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi (Onlayn)

Hayoti yoki sogʻligʻi xavf ostida boʻlgan shaxsga tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi
Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini maʼqulladi.
Mazkur hujjatning jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi jinoiy, jinoiy-protsessual va maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Jumladan, qonunda yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Qonunda hayoti yoki sogʻligʻi xavf ostida boʻlgan shaxsga shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, noqonuniy aralashganlik hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiluvchi boshqa huquqbuzarliklar uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

 

A.Musayev, OʻzA