Xitoy Oliy xalq sudi toʻqqiz oʻquvchining hayotiga nuqta qoʻygan jinoyatchini qatl etishga ruxsat berdi.
RIA Novostining yozishicha, avvalroq 28 yoshli Chjao Seeveyga oʻlim jazosi tayinlagan boʻlgan. Manbadan keltirilgan iqtibosda Xitoy Oliy xalq sudi tekshiruvi va ruxsati bilan bugun ertalab mahkum qatl etilgani aytiladi.
Joriy yilning 27 aprelida Shensi provinsiyasi Yuylin okrugining Michji uyezdida Chjao Seevey tomonidan mashʼum jinoyat sodir etilgan edi. U sobiq maktabidagi oʻquvchilarga pichoq bilan hujum qiladi. Oqibatda 9 norasida hayotdan bevaqt koʻz yumdi, 12 nafari jarohat oldi. Tergovda Chjao Seevey oʻz jinoyati sabablarini oʻquvchiligida sinfdoshlari tomonidan kamsitilib kelgani bilan izohlagan.
Malohat Husanova, OʻzA