Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar qilishicha, 25 sentyabr kuni soat 17:30 larda Nurota tumani hududidan oʻtuvchi 4R-36 “Jizzax-Forish-Qizilcha” avtomobil yoʻlining 40-41 km oraligʻida YTH sodir boʻladi.
“Toyota” rusumli avtomobil boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Lasetti” bilan toʻqnashib ketgan.
YTH natijasida “Toyota” avtomobilida boʻlgan Pokistonning ikki nafar fuqarosi hamda “Lasetti” haydovchisi halok boʻlgan.
Bir nafar pokistonlik fuqaro turli darajada tan jarohatlari olgan.
Jarohatlangan fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.
Sodir boʻlgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O’zA