Bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirish soddalashtiriladi

“Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Prezidentning 2018 yil 12 apreldagi farmoniga muvofiq import tovarlari amalda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelishidan oldin tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etilishi belgilangan edi.
Shunga koʻra, qaror bilan avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali Oʻzbekiston bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida elektron tarzda oldindan xabardor qilishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar roʻyxati hamda uni amalga oshirish sxemasi tasdiqlandi.
Oldindan xabardor qilish tartibotini amalga oshirish sxemasi quyida keltirilgan:
photo_2018-09-26_22-38-12.jpg

 

O’zA