Qaysi transport vositalari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasligi haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
– yopiq joylarda va qishloq xoʻjaligida qoʻllaniladigan umumiy yoʻllarda foydalanishga moʻljallanmagan texnologik transport vositalari (traktor, traktor tirkamalari, qurilish-yoʻl va meliorativ texnikasi, oʻziyurar va qishloq xoʻjaligi mashinalari);
– faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qoʻllaniladigan maxsus transport vositalari;
– tramvay va trolleybuslar;
– Mudofaa Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasiga tegishli boʻlgan harbiy transport vositalari.
Ushbu transport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan tartibda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
O’zA