ONLAYN: Senat qoʻmitalari majlislari yakuniga yetdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi oldidan qoʻmitalarning majlislari boʻlib oʻtdi. Ularda yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
Majlislarda senatorlar tomonidan maʼqullanishi kutilayotgan qonunlar va muhokama etiladigan boshqa masalalar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgani alohida taʼkidlandi. Muhokamalar jarayonida senatorlar hududlar manfaatlariga alohida eʼtibor qaratdi.
Bularning barchasi 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil ijro etishga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Majlislar yakunida qoʻmitalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.

 

OʻzA