Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi Gʻofur Rahimov va tashkilotning vitse-prezidenti Serik Konakbayev AIBA prezidentligi lavozimiga nomzod etib koʻrsatildi. Bu haqda Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlov xabar berdi, deb yozmoqda Ria Novositi.
23-sentabr kuni AIBA prezidenti lavozimiga nomzodlarni koʻrsatish nihoyalandi. Prezidentlikka saylov 2-3-noyabr kunlari Moskvada boʻlib oʻtadi.
“Gʻofur Rahimov va Serik Konakbayevlar nomzodi ilgari surildi”, – deydi Umar Kremlev.
Aytib oʻtish kerakki, avvalroq AIBA prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Gʻofur Rahimov va Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqqandi.
XOQ Rahimovga nomzodini bekor qilishni tavsiya qilgan. Aks holda Olimpiya dasturidan boks chiqarib yuborilishi mumkinligi aytadi.
Bunday bosimlarga qaramay Gʻ.Rahimov nomzodini ilgari surdi.
O’zA