Andijon: fermerlar rejani ortigʻi bilan bajarishni vaʼda qilishmoqda

Andijon viloyatida joriy yilda 81 ming 791 gektar maydonda parvarishlangan paxta hosilini uyushqoqlik bilan, nes-nobud qilmasdan vaqtida va sifatli qilib yigʻib olish maqsadida 250 ming nafardan ortiq terimchi qatnashishi rejalashtirilgan.
 

Viloyatda shu bugunga qadar 58 489 tonna paxta xomashyosi xirmonga topshirilib, bu belgilangan rejaning 24,2 foizini tashkil etmoqda.
Yigʻim terim ishlariga viloyatda jami 183 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan, uning 167 milliard soʻmi terimchilarga naqd koʻrinishda beriladi.
– Joriy mavsumda gektaridan 34 sentnerdan hosil olib, shartnomaviy majburiyatga koʻra xirmonga 38 tonna paxta topshirish belgilan, – deydi Marhamat tumanidagi 38 gektar yer maydoniga ega “Muhammad Yusuf yurti” fermer xoʻjaligi rahbari. – Biz esa hosildorlikni 46 sentnerga yetkazib, bu koʻrsatkichni 15 foizga oshirishni maqsad qilganmiz.
Shuningdek, Andijon viloyatida 9 ta paxta tozalash korxonasi va 32 ta paxta qabul qilish punkti mavsumga tayyorlab qoʻyilgan. Bu yerda kuzatuv kameralari va elektoron tarozilar paxta hosilini xirmonga topshirishda haqqoniylik va shaffoflikni taʼminlashga xizmat qilmoqda. Agroinspeksiya xodimlari esa barcha jarayonlarni nazoratga olishgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzurida multimedia markazi bilan
hamkorlikda tayyorlandi

 

OʻzA