“I love Tashkent”ga katta mablagʻ sarflangani rostmi?

Hokimiyatlar tomonidan salkam shahar ramzi, shiorini anglatuvchi shaklga aylantirilgan yurakcha, “I love Tashkent” ramzlari bugungi kunda aholiga qanchalik maʼqul tushmoqda? 
Bu haqda bugun, “Oʻzbekiston 24” radiokanalining “Postskriptum” loyihasida qatnashgan “XXI asr” gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilov oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi. Norqobil Jalilovning fikricha “I love Tashkent” soʻzlaridan koʻra, “Toshkentga xush kelibsiz” soʻzlari maʼqulroq. U “love” ramziy belgilarini uyat deb, bilishini aytdi. Bu haqda Norqobil Jalilov tuman hokimiyatiga eʼtirozini bildirganda, mazkur maketni yasash uchun katta mablagʻ sarflanganini aytishganini taʼkidladi.
Qiziq, mablagʻ sarflashdan oldin hokimliklar bu haqida nega jiddiy oʻylab koʻrishmagan ekan? Necha ming yillik tarixga ega shahar, tumanlarimizni ramziy ifodalashda gʻarbdan nusxa koʻchirishimiz uyat emasmi?

 

OʻzA