Binali Yildirim muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim 25-sentyabr kuni Samarqand shahrida boʻldi.

Yuqori martabali mehmon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov hamrohligida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi.

Turkiya delegatsiyasi majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va bu yerdagi eng qadimiy obidalardan biri – Hazrati Xizr masjidini asrab-avaylash borasidagi ishlarga yuksak baho berdi.

Shundan soʻng Binali Yildirim Imom Buxoriy va Abu Mansur Moturidiy yodgorlik majmualarini ziyorat qildi. Ushbu maskanlar bilan tanishuv chogʻida muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk allomalarimizning boy maʼnaviy merosini oʻrganish, ular nomi bilan bogʻliq qadamjolarni obod etish yuzasidan yurtimizda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Turkiyalik yuqori martabali mehmon Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va boshqa tarixiy obidalarni ham tomosha qildi.

10 (1).JPG
12.JPG
20.JPG
22.JPG

 

Gʻolib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), OʻzA