Oʻzbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarish uchun takliflar olishmoqda. Bu haqida OʻFA xabar bermoqda.
Jumladan, 23-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionlar ligasining yarim final bahslaridan oʻrin olgan “Persipolis” (Eron) – “Al Saad” (Qatar) jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Kovalenkoga qanotlarda Husnitdin Shodmonov hamda Timur Gaynullinlar koʻmaklashishsa, Ilgiz Tantashev hamda Aziz Asimovlar qoʻshimcha yordamchilar etib belgilangan. Ruslan Serazitdinov zaxira hakami vazifasini bajaradi.
O’zA