OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkentga tashrif buyurdi

Yurtimizga Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa tashrif buyurdi.

Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti”da ushbu martabali mehmonni Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Prezidenti va OʻFA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mutasaddilar kutib olishdi. OFK prezidentiningtashrifidan maqsad, OFK Ijroqoʻmining Toshkentda birinchi marotaba oʻtkazilayotgan yigʻilishida ishtirok etishdir.

26 sentyabr kuni Toshkent shahri ushbu yigʻilishga mezbonlik qiladi. Bugun shuningdek, yurtimizga OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon ham yetib kelgan xaqida xabar berib oʻtgan edik.

Poytaxtimiz bunday tadbirga birinchi marta mezbonlik qilayotganini alohida eʼtirof etish kerak. OFK Ijroqoʻmining navbatdagi yigʻilishining aynan yurtimizda oʻtkazilishi, OFK hamda OʻFA oʻrtasidagi aloqalar mustahkamligi yoʻlida navbatdagi qadam vazifasini oʻtab beradi.

Yigʻilish Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida oʻtkaziladi.

photo5280871146557909764.jpg
OʻzA