Xabaringiz bor “Barselona“ jamoasining himoyachisi ispaniyalik Jerar Pike “Kosmos“ sarmoyaviy guruhiga rahbarlik qiladi.
Pike kelgusi yili tennis boʻyicha erkaklar oʻrtasida “Majesty Cup” deya nomlangan yangi turnirni tashkil qilish niyatida ekanini bildirib oʻtgan. Maʼlumotlarga koʻra, yangi musobaqada 64 nafar tennischi 10 million AQSH dollari uchun oʻzaro kuch sinashadi.
Shuning taʼkidlab oʻtish kerakki, turnirning barcha pullari gʻolib tennischiga nasib etadi. Bu esa hozirda oʻtkaziladigan tennis musobaqalaridan butkul farq qiladi. Sababi ayni vaqtda oʻtayotgan barcha musobaqalarda mukofot pullari barcha ishtirokchilar uchun teng taqsimlanadi.
“Majesty Cup” musobaqasi sentyabr oyida “US Open“ musobaqasidan soʻng oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Avval, Pike “Devis kubogi“ga 3 milliard AQSH dollarini sarmoya qilishni va final bahsini noyabr oyidan sentyabr oyiga koʻchirish niyatida ekani haqida aytib oʻtgan edi.