Oshkor etilmaydigan tarixiy voqea

MMA boʻyicha sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor “UFC” bilan yangi shartnoma imzoladi.
Konor ushbu tashkilot tomonidan oʻtkaziladigan oltita jangga imzo chekdi. Ushbu shartnomaga koʻra, birinchi jang rossiyalik Habib Nurmagomedovga qarshi 6 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtadi.
“UFC” prezidenti Deyna Uayt va Makgregor oʻrtasidagi yangi shartnomaning shartlari oshkor etilmadi. Biroq Deynaning soʻzlariga koʻra, bu shartnoma MMA tarixida eng katta voqea boʻldi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA