Ronaldu Ispaniyaga qaytmoqda. Nega?

Kecha Chempionlar ligasining guruh bosqichiga start berildi.
Turnirning ushbu mavsumi ham bizga tezkor va shiddatli uchrashuvlarni taqdim etishni boshladi. Bugun 1 turning qolgan uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Xususan, Chempion “Real” oʻz maydonida Rimning “Roma”sini qabul qilsa, Ronaldu bilan kuchaygan “Yuventus” Ispaniyaga tashrif buyuradi. “Mestalya” oʻyingohida bugun “Valensiya” Allegri shogirdlarini mehmon qiladi.
Bugun shuningdek, Manchester shahri klublari ham oʻz uchrashuvlarini oʻtkazadi. “Siti” oʻz maydonida “Lion”ni qabul qiladi. “Yunayted” esa Shvetsariyada “Yang Boyz” bilan oʻynaydi.
Germaniya chempioni “Bavariya” Portugaliyada “Benfika mehmoni boʻlsa, Doneskning “Shaxtyor”i oʻz uyida boshqa bir nemis jamoasi, debyutant – “Xoffenxaym”ni qabul qiladi.
“Ayaks” AEK bilan, Viktoriya esa Rossiya chempioni SSKA Moskva bilan kuch sinashadi.
Soat 22:00 da boshlanadigan uchrashuvlar*
E
Ayaks (Gollandiya) – AEK (Gretsiya)
F
Shaxtyor Donesk (Ukraina) – Xoffenxaym (Germaniya)
Soat 00:00 da boshlanadigan uchrashuvlar
E
Benfika (Portugaliya) – Bavariya (Germaniya)
F
Manchester Siti (Angliya) – Lion (Fransiya)
G
Real Madrid (Ispaniya) – Roma (Italiya)
Viktoriya (Chexiya) – SSKA Moskva (Rossiya)
H
 
Yang Boyz (Shvetsariya) – Manchester Yunayted (Angliya)
Valensiya (Ispaniya) – Yuventus (Italiya)
 
* – Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan

 

O’zA