Dori vositalari imtiyozli retsept asosida kimlarga bepul beriladi?

Oʻzbekistonda tegishli roʻyxatga asosan dori vositalari davolovchi vrach tomonidan yozilgan imtiyozli retsept asosida bepul beriladigan shaxslar mavjud.
Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali orqali ushbu toifadagi fuqarolar roʻyxatini yana bir karra eslatadi.
onkologik kasalliklarga chalinganlar;
 
sil kasalligiga chalinganlar;
 
moxov kasalligiga chalinganlar;
 
endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
 
ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
 
OIV kasalligini yuqtirganlar;
 
yurak klapanini protezlash va organlarni koʻchirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
 
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar;
 
1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
 
1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
 
Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;
 
harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.
baynalmilalchi jangchilar.

 

OʻzA