Oʻzbekiston “Xalq sanʼati xalqaro bozorida” 450 ming AQSH dollarlik eng koʻp mahsulot sotgan mamlakat sifatida eʼtirof etildi

Bu haqda “Oʻzbekiston sovgʻalari” – Birinchi respublika koʻrgazma-savdosining tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov toʻxtalib oʻtdi.
Uning aytishicha, yurtimizda hunarmandlar uchun 42 ta imkoniyat yaratilgan. Bu oʻz natijasini berayotgani ham bor gap. Joriy yilning 13-15 iyul kunlari Oʻzbekiston hunarmandlar guruhi Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida oʻtkazilgan “Xalq sanʼati xalqaro bozorida” ishtirok etishdi. Ushbu tadbird mamlakatimiz 24 hunarmanddan iborat delegatsiya bilan ishtirok etdi. “Xalq sanʼati xalqaro bozorida” 50 ta davlatdan 150 nafar hunarmand qatnashdi.
Oʻzbekiston ushbu yirik bozorda umumiy hisobda eng koʻp mahsulot sotgan mamlakat boʻldi. Xalqaro bozorning oʻzidayoq sotilgan tovarlar miqdori 450 ming AQSH dollaridan ortiqni tashkil etdi.
A.Ikromov soʻzi yakunidahar bir oilada hunarmandlik mahsulotlari boʻlishi shartligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

 

Inobat Ahatova,OʻzA